Buyurtma berish

Oziq-ovqat va supermarket

GreenMarket

Oziq-ovqat do‘koni uchun Telegram bot va Mini App: meva-sabzavot va go‘sht kilogrammda tortib, sut va non dona yoki qadoqda sotiladi. Mijoz oxirgi buyurtmasini bir bosishda takrorlaydi, tovar tugasa nima qilishni o‘zi tanlaydi. Qoldiq buyurtmada avtomatik kamayadi, kam qolganda egasiga xabar keladi.

Mijoz
GreenMarket
Turi
Telegram bot + Mini App
Soha
Oziq-ovqat va supermarket
Texnologiyalar
React, Node.js, PostgreSQL, Telegram Mini App, Telegram Bot API

Ilova pastida «Powered by bluecoredev.uz» yozuvi bor — loyihani Bluecoredev yaratgan.

GreenMarket — Telegram bot + Mini App

Nimalar qilingan

  • Kilogramm va dona bo‘yicha sotish
  • Bir bosishda qayta buyurtma
  • «Bu bilan birga olishadi» takliflari
  • Tovar tugaganda almashtirish tanlovi
  • Qoldiqni avtomatik hisoblash va ogohlantirish
  • Admin panel: tovar, qoldiq va buyurtmalar

Qo‘shimcha

  • Meva-sabzavot va go‘sht kilogrammda: 0,5 / 1 / 2 kg tugmalari, «1 dona ≈ 200 g» ishorasi
  • Qadoq turlari (0,5 L va 1 L, 10 va 30 ta) — har birining o‘z narxi
  • Qoldiq buyurtmada band qilinadi, bekor qilinsa qaytadi; kam qolganda egasiga Telegram xabari
  • «Bu bilan birga olishadi» takliflari haqiqiy buyurtmalardan
  • Tovar tugasa nima qilishni mijoz tanlaydi: qo‘ng‘iroq, almashtirish yoki olib tashlash

GreenMarket kabi loyiha kerakmi?

Vazifangizni yozing — narx va muddatni aytamiz.

Menga ham shunday kerak